12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining so‘nggi 38-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan “Manchester Siti” klubi safarda “Brayton”ni sinovdan o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” avvalgi turda “Lester”ni Vensan Kompanining goli evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0).
Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” jamoasi “Byornli” mehmoni bo‘ladi. Ma’lumot uchun, “to‘pchilar” 37-turda “Brayton” bilan durang o‘ynagandi (1:1).
Musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” Brendon Rojers boshliq “Lester”ga qarshi maydonga tushadi. Qayd etish joiz, “aristokratlar” avvalgi turda “Uotford” darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritgandi (3:0).
Kelasi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etishdan mosuvo bo‘lgan “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Kardiff Siti”ni qabul qiladi. Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” 66 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
So‘nggi turda “Bornmut”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygan Londonning “Tottenhem” klubi o‘z uyida “Everton” bilan o‘ynaydi. Eslatib o‘tamiz, “shporlar” Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalida “Ayaks” bilan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra durang o‘ynagandi (3:2, 0:1), biroq londonliklar mehmonda urilgan gollar evaziga g‘alabani ilib ketgandi.
94 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” klubi “Enfild”da “Vulverhempton” bilan bahsga kirishadi. Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Ta’kidlash joiz, “qizillar” oxirgi turda “Nyukasl” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritgandi.
37-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
APL
38-tur bahslari
12-may, yakshanba
“Brayton”—“Manchester Siti” 19:00
“Byornli”—“Arsenal” 19:00
“Kristal Pelas”—“Bornmut” 19:00
“Fulhem”—“Nyukasl” 19:00
“Lester”—“Chelsi” 19:00
“Liverpul”—“Vulverhempton” 19:00
“Manchester Yunayted”—“Kardiff Siti” 19:00
“Sauthempton”—“Haddersfild” 19:00
“Tottenhem”—“Everton” 19:00
“Uotford”—“Vest Hem” 19:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)