4-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 37 turida 4 ta bahs o‘z nihoyasiga yetdi.
Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” jamoasi “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida mersisaydliklar himoyachisi Virjil van Deyk hsiobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqaga kelib “Nyukasl” yarim himoyachisi Kristian Atsu Alisson Bekker qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi (1:1). Oradan 8 daqiqa o‘tib “qizillar” yetakchisi Muhammad Saloh jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 54-daqiqada esa mezbon jamoa a’zosi Salomon Rondon hisobni tenglashtirdi (54). 84-daqiqada Muhammad Saloh o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Divok Origi jamoasining g‘alaba golini urdi (3:2).
Shu tariqa “Liverpul” qiyin kechgan o‘yinda “Nyukasl”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Yurgen Klopp jamoasi 94 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Undan 2 ochko kam jamg‘argan “Manchester Siti” esa 2-o‘rinda bormoqda.
APL
37-tur bahslari
4-may, shanba
“Vulverhempton”—“Fulhem” 1:0
Gol: 1:0 — 75 Dendonker“Vest Hem”—“Sauthempton” 3:0
Gollar: 1:0 — 16 Arnautovich, 2:0 — 69 Arnautovich, 3:0 — 72 Frederiks“Kardiff Siti”—“Kristal Pelas” 2:3
Gollar: 0:1 — 28 Zaha, 1:1 — 31, avtogol, Kelli, 1:2 — 39 Batshuayi, 1:3 — 70 Taunsend, 2:3 — 90 Rid“Nyukasl”—“Liverpul” 2:3
Gollar: 0:1 – 13 van Deyk, 1:1 – 20 Atsu, 1:2 – 28 Saloh, 2:2 – 54 Rondon, 2:3 – 86 OrigiYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!