Ispaniyalik yarim himoyachi Ander Errera joriy mavsum so‘ngida shartnoma muddati tugagach “Manchester Yunayted”dan ketadi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
“Angliyaning eng yaxshi klubida o‘ynaganim men uchun sharaf. Ushbu ajoyib besh yil uchun katta rahmat”, — dedi Errera.
Xabar berilishicha, ispaniyalik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Ander Errera joriy mavsum Premyer ligada 22 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)