AQShlik fuqaro hovlisida ikki bahaybat ayiq olishayotganiga guvoh bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”. Voqea tasvirlangan video YouTube’ga joylashtirildi.

Foto: Facebook / Corey Bale

Unda ayiqlar orqa oyoqlarida turgan holda bo‘kirib, bir birini tishlayotganini ko‘rish mumkin. Ular uy egasiga umuman e’tibor qaratmagan.

Bir necha soniyadan so‘ng voqeani tasvirga olayotgan erkak uyiga kirib ketishga qaror qiladi. Chunki ayiqlar uning uyi eshigiga juda yaqin kelib qolgandi.

Erkakning aytishicha, uyi hovlisida bahaybat ayiqlarni ko‘rib hayratlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayiqlar ehtimol, yaqinroqda turgan urg‘ochi ayiq uchun kurashgan.

Jang taxminan bir daqiqa davom etgan, shundan so‘ng ayiqlar tarqalgan, hovlida esa jun tutamlari va qo‘plab qon izlari qolgan.