O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi qarori bilan Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining filiali tashkil etildi, bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy Telegram-kanali xabar qiladi.
Natijada mamlakatda OTMlar soni 102 taga yetdi. Shundan:
— 85 ta mahalliy OTM va ularning filiallari;— 17 ta xorijiy OTM va ularning filiallari.
Bugungi kunda respublikadagi 92 ta OTMlarida o‘quv-tarbiya jarayonlari olib borilmoqda, 10 ta OTMga talabalar 2019/2020-o‘quv yilidan qabul qilinadi.
Izoh (0)