Adliya vazirligi joriy yilning 10-maydan — 30-iyun kuniga qadar fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn murojaatlarni qabul qilish va hal etish bo‘yicha AKSIYA e’lon qiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
E’londa aholidan quyidagi hollarda berilgan havola orqali murojaat qilishlari so’ralgan:
- Sizning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlaringiz buzilyaptimi?
- Turar joyingiz qonunga xilof ravishda buzildimi?
- Buzilgan imoratingiz uchun kompensatsiya to‘lanmayaptimi?
- Sizga taklif etilgan kompensatsiya turi sizni qoniqtirmayaptimi?
- Ko‘chmas mulkka nisbatan egalik huquqini ololmayapsizmi?
Izoh (0)