Tailandda qirol Max Vatchiralongkon (Rama X) va qirolning shaxsiy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari 40 yoshli Suttixida Vatchiralongkon Na Ayuttxayyaning to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
To‘y marosimida kelinning qirolning oyog‘i yonida yotishi ko‘pchilik internet foydalanuvchilar diqqatini tortdi.
Qirolning rafiqasi qirol maxsus gvardiyasida xizmat qilgan. 2016-yili unga general unvoni berildi.
Ungacha u Thai Airways aviakompaniyasida styuardessa bo‘lib ishlagan.
An’anaga muvofiq, Bangkokda 4-may kuni qirol va uning rafiqasiga toj kiydirish marosimi o‘tkazildi.