Niderlandiyaning Amsterdam shahar kengashi 2030-yildan boshlab benzin va dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan avtomobillarning shaharga kirishi butunlay taqiqlanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: RTVi

Hukumat tomonidan qabul qilingan dastur mazkur taqiqqa bir maromda, silliq o‘tishni ta’minlaydi. 2020-yilga borib shaharga ishlab chiqarilganiga 15 yildan oshgan dizelda harakatlanuvchi mashinalar, 2022-yildan avtobuslar, 2025-yildan esa skuter va mototsikllar kira olmaydi.

Bundan tashqari hukumat tomonidan aholini elektrokarlarga o‘tkazish bo‘yicha bir qator dasturlar ham taqdim etildi. Xususan, shahar aholisiga avtomobil turargohlari va ularni quvvatlantirish bo‘yicha kompensatsiya to‘lanadi.