“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 finalining dastlabki o‘yinida “Liverpul” darvozasiga 2 ta to‘p kiritdi (3:0).
Opta’ning xabar berishicha, 31 yoshli hujumchi Kataloniya klubi safidagi 599 va 600-gollarini urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natijaga erishish uchun Messiga 683 ta uchrashuv yetarli bo‘ldi.
Qayd etish joiz, argentinalik “Barselona” tarkibidagi o‘zining ilk golini 2005-yilning 1-mayida “Albasete” jamoasiga qarshi o‘yinda urgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu klublardagi faoliyatida o‘zining yubiley 600-golini urgani haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)