Xalqaro banknotlar jamiyatining 2018-yilgi jahonning eng chiroyli banknotlari reytingida Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlab chiqarilgan 100 rublli kupyura to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

Foto: “RIA Novosti”

Bu 100 rubl banknotida futbol to‘pi ko‘targan bolakay va afsonaviy darvozabon Lev Yashin tasvirlangan.

Tanlovda birinchi o‘rinni qora tanli ishbilarmon ayol — Viola Desmond tasvirlangan 10 Kanada dollari banknoti egalladi. Keyingi o‘rinlarni esa Shveysariya 200 franki, Norvegiya 500 kroni hamda beshinchi o‘rinni Solomon orollari 40 dollarlik kupyurasi egalladi.