Professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra, “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk Angliyada joriy yilning eng yaxshi o‘yinchisi deya e’tirof etildi.
Mazkur nomga niderlandiyalikdan tashqari Rahim Sterling, Serxio Aguero, Bernardu Silva (hammasi — “Manchester Siti”), Sadio Mane (“Liverpul”) va Eden Azar (“Chelsi”) da’vogarlik qilgandi.
O‘tgan mavsum ushbu nomga “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh sazovor bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar van Deykni 2018-yilning yanvar oyida “Sauthempton”dan 75 million funt evaziga sotib olgandi. Bu himoyachilar orasida rekord summa hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, van Deyk joriy mavsum Premyer ligada 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi, bundan tashqari, bitta sariq kartochka ishlab oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)