2019-yil 22-aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi, 2-guruh nogironi, 32 yoshli T.M. mast holda Qiziltepa mahalla hududida joylashgan do‘kon oldida tanishi, Changak mahallasi Kaltatoy qishlog‘ida yashovchi, 2-guruh nogironi, tengdoshi O‘.N.ning yuziga boshi bilan urgan va O‘.N. boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi
xabar qiladi.
Natijada O‘.N. kasalxonaga yotqizilib, T.M. hibsga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)