23-aprel, seshanba kuni veloshosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatining ilk kunida erkaklar va ayollar o‘rtasida jamoaviy poygalar bo‘lib o‘tdi.
Erkaklar o‘rtasida 40 kilometrlik masofada o‘tkazilgan jamoaviy poygalarda birinchi o‘rinni Qozog‘iston terma jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Janubiy Koreya hamda Honkong jamoalariga nasib etdi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi jamoaviy poygalar 30 kilometr masofada o‘tkazildi. Unda birinchi o‘rinni Janubiy Koreya egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Qozog‘iston hamda 3-o‘rin honkonglik velosportchilarga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Vyetnam, honkong, Malayziya, Filippin, Tailand, Mo‘g‘uliston, BAA, Iordaniya, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaman va Livan kabi 40 ga yaqin mamlakatdan 500 dan ortiq velopoygachi ishtirok etmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)