AQShning sobiq vitse-prezidenti o‘z saylovoldi tashviqotini xalqni birlashtirish bilan bog‘lash niyatida, deb yozadi “Liga Novosti”.
76 yoshli sobiq vitse-prezident Jozef Bayden 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyati haqida 25-aprel kuni e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
29-aprel kuni Bayden Pittsburgdagi saylovchilar bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Baydenning qarori e’lon qilinishi, hozirda 20 dan ortiq nomzod tayyorlanayotgan demokratlarning dastlabki saylovi boshlanishini belgilaydi.
AQSh siyosatida Baydenning yuksak obro‘-e’tiborini inobatga olinib, poyganing yetakchisi deb hisoblanmoqda.
U o‘zining saylov kampaniyasini xalqni birlashtirishi va AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampni mag‘lub qilish niyatida amalga oshirmoqchi.
2019-yilning 20-mart kuni Bayden tor doirada AQShning 2020-yilgi prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lishi haqida e’lon qilgan.
Izoh (0)