23-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi doirasida kechiktirilgan 2 ta o‘yin yakunlandi.
33-turning qoldirilgan uchrashuvida Maurisio Pochettino boshqaruvidagi “Tottenhem” klubi o‘z uyida “Brayton”ni qabul qildi.
Bellashuvdagi yagona gol 88-daqiqada kiritildi. Unga “shporlar” yarim himoyachisi Kristian Eriksen mualliflik qildi (1:0). Mazkur g‘alabadan so‘ng londonliklar ochkolari sonini 70 taga yetkazdi va musobaqa jadvalidagi o‘rnini mustahkamladi (3-o‘rin).
31-turning qoldirilgan bahsida esa “Uotford” jamoasi “Sauthempton” bilan o‘ynadi.
Uchrashuvning 1-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Sheyn Long hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqaga kelib “Uotford” hujumchisi Andre Gray hisobni tenglashtirdi (1:1). Shu tariqa o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi va jamoalar durang natija qayd etdi.
APL
23-aprel, seshanba
31-tur qoldirilgan o‘yin
“Uotford”—“Sauthempton” 1:1
Gol: 0:1 — 1 Sheyn Long, 1:1 — 90 Gray33-tur qoldirilgan o‘yin
“Tottenhem”—“Brayton” 1:0
Gol: 1:0 — 88 Eriksen“Tottenhem”: Lyoris, Alderveyreld, Trippier, Vertongen, Rouz, Alli, Vanyama (Ben Devis, 82), Eriksen, Lukas Moura (Yanssen, 80), Lyorente, Son Hyon Min (Foyt, 90)
“Brayton”: Rayan, Dank, Montoyya, Daffi, Bernardo, Gross, Bissuma (Kayal, 86), Stivens, Jahonbaxsh (Mart, 73), Lokadiya, Andone (Marrey, 64)
Ogohlantirishlar: Andone (35), Eriksen (46), Bernardo (75)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)