Shu yilning 25—28-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Turk filmlari haftaligi”da turkiyalik bir qancha mashhur aktyor va aktrisalar kelishi kutilmoqda, bu haqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining ma’lumotiga tayanib ”Xalq so‘zi” xabar qiladi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Ular orasida “Qashqirlar makoni” serialida bosh qahramon Po‘lat Alemdarning otasi rolini o‘ynagan aktyor Emin O‘ljay ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 25—28-aprel kunlari Toshkentda “Turk filmlari haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida Alisher Navoiy kinosaroyida “Qashqirlar makoni” namoyish etiladi.