2019-yilning 11—12-aprel kunlari Astraxan davlat tibbiyot universitetida “Shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘yicha o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalaridan iborat jamoa faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy Telegram-kanali xabar qiladi.
Xalqaro olimpiada 4 bosqichda: yurak va o‘pka reanimatsiyasi, traxeya intubatsiyasi, laporaskopik jarrohlikning amaliy ko‘nikmalari va shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordam shartlarida o‘tkazildi.
Filial dotsentlari Z. Jumaniyozova va V. Rahmonovalar rahbarligida talabalar Anvarbek Ismoilov, Adhambek Asqarov, Muzaffar Ismoilov, Andrey Kim hamda Ruslan Jumaboyevlar olimpiada tengsiz deb topildi.
Izoh (0)