21-aprel, yakshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kunida navbatdagi janglar o‘tkazilmoqda.
-51 kg vazn toifasida ayollar o‘rtasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Farangiz Hoshimova qozog‘istonlik Nazim Kizibayga qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa Farangiz uchun musobaqa erta yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hasanboy Do‘stmatov, Bobousmon Boturov, Dilshod Ro‘zmatov ham o‘z janglarini o‘tkazib g‘alaba qozongandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)