Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

16-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finali javob o‘yinlari doirasida “Barselona”—“Manchester Yunayted” bahsi yakuniga yetdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvda hisob 16-daqiqada Leo Messi tomonidan ochildi. Leo “Yunayted” himoyachilar xatosidan unumli foydalanib, chiroyli gol muallifiga aylandi. 20-daqiqa kelib Leo jarima maydonchasi tashqarisidan kuchsizroq zarba yo‘lladi, biroq David de Xea qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Hisob — 2:0. Mezbonlar foydasiga. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Filippe Koutinyo uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Shu tariqa “Barselona” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Manchester Yunayted”ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar yarim finalda “Liverpul”—“Portu” juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

YChL

1/4 final bahsi

16-aprel, seshanba

“Barselona”—“Manchester Yunayted” 3:0

Gollar: 1:0 – 16 Messi, 2:0 – 20 Messi, 3:0 – 61 Koutinyo.

“Barselona” – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 71), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 75), Koutino (Dembele, 81), Messi, Suares.

“Manchester Yunayted” – De Xea, Smolling, Yang, Djons, Lindelyof, Lingard (Sanches, 80), Fred, Pogba, Maktomini, Marsial (Diogu Dalot, 65), Reshford (Lukaku, 73).

Ogohlantirish: Suares (77).

Birinchi bellashuv — 1:0. Umumiy hisob — 4:0

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 29-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
“Selektor yig‘ilishida ayvonda o‘tirmayapsizmi?” — Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishdagi audiosi tarqaldi
Mahalliy
Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi