Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

17-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining navbatdagi 2 ta javob uchrashuvi o‘tkaziladi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Kunnning dastlabki o‘yinida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” jamoasi safarda Portugaliyaning “Portu” klubiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar musobaqa 1/4 finalining ilk o‘yinida “Enfild”da “Portu” darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritgandi (2:0).

Shu kuni Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” o‘z maydonida Angliyaning boshqa bir jamoasi “Tottenhem”ni qabul qiladi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “mankunianlar” mazkur bosqichning dastlabki o‘yinida mehmonda “shporlar”ga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgandi (0:1).

YChL

1/4 final bahslari

17-aprel, chorshanba

“Portu”—“Liverpul” 00:00 (0:2)

“Manchester Siti”—“Tottenhem” 00:00 (0:1)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi