Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida 2019-yilning ortda qolgan uch oyida qarzdorlardan 675, 2 million so‘m undirildi, deb xabar beradi “Daryo”ga tuman Majburiy ijro byurosi.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

2019-yil birinchi choragida aliment pullarini qasddan to‘lamagan 17 nafar qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazo chorasi qo‘llanilgan. Farzandlari uchun aliment pullarini qasddan to‘lamasdan yashirinib yurgan 5 nafar qarzdorga nisbatan qidiruuv e’lon qilingan.

Byuro xodimlari tomonidan ish yurituvidagi 1671 ta ijro hujjatlaridan 31 tasi amalda to‘liq ijro etilgan bo‘lsa, 103 tasi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan tamomlangan.

Ta’kidlanishicha, ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan tushuntirishlar natijasida 23 ta yosh oila yarashtirilishiga erishilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi