Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yengil motorli samolyot Chilining Puerto-Mont shahridaga uyga kelib qulashi oqibatida olti nafardan ortiq odam halok bo‘ldi, deb xabar berdi “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi Archipielagos aviakompaniyasiga qarashli BN-2A-27 samolyoti bortida bo‘lgan. Samolyot “La Paloma” aeroportidan ko‘tarilganidan keyin qulagan.

Samolyot qulagach, yong‘in chiqib, yon atrofdagi binolarga ham tarqalgan. Bu vaqtda uy ichida hech kim bo‘lmagan.

Xabarda aytilishicha, halok bo‘lganlar ikki ayol va to‘rt nafar erkak bo‘lgan. Shu bilan birga, hozircha aniqlanmagan sabablarga ko‘ra, yana ikki kishi oxirgi daqiqalarda samolyotga chiqmagan.

Hozirda mutaxassislar aviahalokat sabablarini aniqlamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Rossiyaning davlatchilik taqdiri shu oylarda asosiy yo‘nalish oladi” — siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 27-sentabr kuni kuchli shamollar bo‘lishi mumkin
Dunyo
Qozog‘iston chegara xizmati safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qo‘lga oldi