O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 14-aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Davlat tashrifining asosiy tadbirlari 15-aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Prezidentlar O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati