13-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 32-turida musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Madridning “Atletiko” jamoasi o‘z maydonida “Selta”ni qabul qildi.
Uchrashuv davomida “Matraschilar” hujumchilari Antuan Grizmann (42) hamda Alvaro Morata (74) kiritgan gollar madridliklarga g‘alaba keltirdi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi (2:0).
Mazkur o‘yindan so‘ng “Atletiko” klubi “Barselona” bilan oradagi farqni 9 ochkoga qisqartirishga erishdi. Ayni damda Madrid klubi 65 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egalladi. “Barselona” hisobida esa 74 ochko mavjud va jamoa jadvalda yetakchilik qilmoqda.
La Liga
32-tur bahslari
13-aprel, shanba
“Atletiko Madrid”—“Selta” 2:0
Gollar: 1:0 — 42 Grizmann, 2:0 — 74 Morata“Atletiko Madrid”: Oblak, Montero, Xuanfran, Filipe Luis (Arias, 72), Moyya, Vitolo (Morata, 62), Koke, Saul, Rodri Ernandes, Korrea, Grizmann (Molleho, 90)
“Selta”: Blanko, Olasa, Arauxo, Malo, Kabral, Budebuz, Yokushlu (Beltran, 84), Lobotka, Bufal (Yensen, 86), Mor (Sisto, 65), Maksi Gomes
Ogohlantirishlar: Budebuz (37), Xuanfran (56), Grizmann (68), Olaza (87)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)