12-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 29-tur bahsida musobaqa jadvalida 2-pog‘onada borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Mayns”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuvning 18 va 24-daqiqalarida dortmundliklar yarim himoyachisi Jeydon Sancho kiritgan gollarga mehmon jamoa Robin Kvayzonning 83-daqiqada urgan yagona goli bilan javob qaytardi (2:1).
Shu tariqa “Borussiya Dortmund” klubi “Mayns” bilan kechgan bahsda g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi. Ushbu o‘yindan so‘ng Dortmund klubi 66 ochko to‘plagan holda “Bavariya”ni quvib o‘tdi va musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Myunxen klubi hisobida 64 ochko mavjud.
Bundesliga
29-tur bahslari
13-aprel, shanba
“Hannover”—“Borussiya M” 0:1
Gol: 0:1 — 53 Raffael“Leypsig”—“Volfsburg” 2:0
Gollar: 1:0 — 16 Kampl, 2:0 — 28 Verner“Shtutgart”—“Bayer” 0:1
Gol: 0:1 — 64, penalti, Havert“Verder”—“Frayburg” 2:0
Gollar: 1:0 — 76 Klaasen, 2:0 — 84 Selassiye, 2:1 — 90 Valdshmidt“Borussiya D”—“Mayns” 2:1
Gollar: 1:0 — 18 Sancho, 2:0 — 24 Sancho, 2:1 — 83 KvayzonYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)