Isroilning asosiy aeroporti qo‘nish jadvaliga Oyga parvoz qo‘shildi, deya xabar beradi “Tengrinews”.
Tel-Avivdagi David-Ben-Gurion aeroportining onlayn tablosida, Istanbul va Madriddan uchadigan reyslarning yonida, “Bereshit” apparatining soat 22:00 da (vaqti taxminiy) Oyga parvoz amalga oshirishi aks ettirilgan.
Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Isroil kosmik kemasi Oyga tushayotganda Yer bilan aloqani yo‘qotgan. Missiya rahbariyati halokat sodir bo‘lganligini xabar qilgan.
Shunga qaramay, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, Isroil Oyga yo‘ldosh joylashtirgan dunyodagi to‘rtinchi davlatga aylanganini bildirgan.
“Mashhur mexanika” ma’lumotlariga ko‘ra, “Bereshit” Isroilning SpaceIL kompaniyasi tomonidan, Google Lunar X PRIZE (GLXP) tanlovida ishtirok etish uchun yaratilgan.
Tanlov g‘olib aniqlanmasdan tugagan — muvaffaqiyatga juda yaqin bo‘lgan isroilliklar muddati bilan bir oz to‘g‘ri kelmagan.
Shunga qaramay, uchish uchun tayyor bo‘lgan oy AMSni sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘lmasa ham, jo‘natilishga qaror qilingan. “Bereshit” ilmiy uskunasi magnitometr, videokamera va bir nechta burchakli reflektordan iborat. Landerning oydagi faoliyati taxminiy davomiyligi ikki kun. Bu insoniyat tarixidagi ilk xususiy sayyoralar uskunasi edi.
Izoh (0)