Norvegiyalik Espen Xatleskog aql bovar qilmas yo‘lni bosib o‘tdi — u yerdan bir kilometr balandlikda arqon bo‘ylab yurib o‘tdi, deb xabar qiladi Sputnik.
Uchuvchisiz dron ekstremalist Espen Xatleskog tomonidan amalga oshirilgan xavfli tryukni tasvirga oldi. Kyerag tog‘ tizmasidagi jarlik tepasidan arqon o‘tkazilgan. U xavfsizlikni ta’minlaydigan moslamalardan foydalanmasdan balandlikda yuribgina qolmay, balki turli tryuklarni ham amalga oshirdi — u arqon ustida o‘tirgan va yotgan, shuningdek, qo‘li bilan jarlik ustida osilib turgan. Xatleskog o‘zining Instagram’dagi sahifasida ushbu “sayr”ni omma e’tiboriga havola qilgan.
https://youtu.be/GQYJf5NIu-Y
Izoh (0)