Facebook Afrika bo‘ylab suv osti kabelini o‘tkazadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: EPA

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, Facebook suv osti kabelini Afrikaning g‘arbiy, sharqiy va O‘rta yer dengizidagi qirg‘oqlari atrofida joylashtiradi. Kompaniya shu tariqa qit’aning bir necha davlatini bog‘lashni rejalashtirmoqda.

Ushbu loyiha mashhur multfilm qahramoni sharafiga “Simba” deb nomlangan.