5-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 3-turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida Ro‘ziqul Berdiyev boshliq Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi.
Bellashuvning 12-daqiqasida “sherlar” hujumchisi Marat Bikmayev 11 metrlik jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 53-daqiqaga kelib Vladimir Kozak o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:1). 2-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Yegor Krimets g‘alaba golini urdi va uchrashuv qahramoniga aylandi (2:1). Shu tariqa toshkentliklar o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi (2:1).
Superliga
3-tur bahsi
5-aprel, juma
“Paxtakor”—“Nasaf” 2:1
Gollar: 1:0 — 12, penalti, Marat Bikmayev, 1:1 — 53, avtogol, Vladimir Kozak, 2:1 — 90+4 Yegor Krimets“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo‘jayev, 69), Jaloliddin Masharipov, Egor Krimets, Odiljon Hamrobekov, Marat Bikmayev, Jasur Yaxshiboyev (Dragan Cheran, 58), Vladimir Kozak, Farrux Sayfiyev, Javohir Siddiqov (Dostonbek Hamdamov, 77)
“Nasaf”: Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Humoyun Murtozoyev, Jo‘rabek Mannonov (Dilshod Saitov, 76), Doniyor Narzullayev, Bobir Davlatov, Sardor Abduraimov, Islom Kenjaboyev (Oybek Bozorov, 63), Islom Rashidxonov (Akmal Mozgovoy, 57), Xurshidbek Muxtorov, Umarbek Eshmurodov
Ogohlantirish: Sadriddin Abdullayev (14), Jasur Yaxshiboyev (31)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)