Xalqaro baxshichilik san’ati festivali arafasida zamonaviy qiyofadagi bunday inshootning foydalanishga topshirilishi surxondaryoliklar uchun ulkan sovg‘a bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qurilish-montaj ishlarida 500 nafardan ziyod tajribali quruvchi kecha-yu kunduz mehnat qilgan. Dastlab binoning tashqi fasad va tom qismlari ta’mirlangan. Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar tufayli vokzalning kutish va yuqori darajada xizmat ko‘rsatish zallari ham zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, binoda joylashgan ona-bola xonasi yangidan jihozlangan. Zamonaviy yoritish tizimlari o‘rnatilib, perron ham ta’mirlangan.
Yo‘lovchi poyezdlarning qatnov jadvali aks etgan elektron oyna, perron qismida hamda kutish zalida axborot olish tablolari o‘rnatilgan. Wi-Fi internet tizimi, elektron kutubxona joriy etilgan. Vokzal hududida dam olish xonalari, nogironlar uchun maxsus sanuzel, yuk bo‘limi, zamonaviy oshxona, sayyohlar va yo‘lovchilar uchun Surxondaryoning milliy hunarmandchiligi aks etgan esdalik sovg‘alar savdo shoxobchalari ham tashkil qilingan.
Vokzalda 125 nafar ishchi-xizmatchi faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 200 nafar, bir sutkada 1200 dan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.
Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga kelayotgan mehmonlar yangi vokzal binosida tantanali kutib olingan.
Izoh (0)