Bloomberg ma‘lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning eng badavlat kishilari boyligi 2019-yil 1-choragida 20,5 milliard dollarga ko'paygan, bu ko‘rsatkich Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingidan olindi, deb “Kommersant” xabar qilmoqda.
Dunyoning eng boy 500 kishilari qatoriga 23 rossiyalik kiradi.
BBI ma‘lumotlariga ko‘ra, beshta eng boy rossiyaliklar ro‘yxati:
- Vladimir Potanin, “Interros” egasi va “Nornikel” bosh direktori (reytingda 39-o‘rin, boyligi — 21 milliard dollar hamda 1,36 milliard dollar);
- Vladimir Lisin, Universal Cargo Logistics Holding va NLMK egasi (Reytingda 40-o‘rin, boyligi — 20,3 milliard dollar, hamda 2,44 milliard);
- Leonid Mixelson NOVATEK va SIBURlarning asosiy aksioneri(Reytingda 42-o‘rin, boyligi — 20 milliard dollar hamda 575 million dollar);
- Vagit Alekperov, LUKOYLning asosiy boshlig‘i va boshqaruvchisi(Reytingda 44-o‘rin, boyligi — 19,7 milliard dollar hamda 3,67 milliard);
- Aleksey Mordashov, “Severstal” egasi (reytingda 50-o‘rin, boyligi — 18,4 milliard dollar hamda 1 milliard dollar)
Izoh (0)