Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda xavfli jinoyatchilar va zo‘ravonlar majburiy tartibda genom ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ushbu hujjat loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan normative-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Genom axborot deganda inson DNKsi va shaxsi aniqlanmagan jasad qoldiqlarining kodlangan axborotlarni o‘z ichiga olgan shaxsiy ma’lumotlar tushuniladi.

Quyidagilar majburiy genom ro‘yxatidan o‘tkaziladi:

  • Shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi sodir etilgan barcha jinoyatlar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan O‘zbekiston fuqarolari, xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
  • Tergovga qadar tekshiruvda, tergov paytida va sud jarayonida olingan biologik materiallar;
  • Bedarak yo‘qolgan kishilarning biologik qarindoshlariga tegishli biologik materiallar;
  • Harbiy xizmatga chaqirilgan, ichki ishlar organlarida, DXX, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, prokuratura organlarida xizmat o‘tayotgan shaxslar hamda kasbi inson hayoti uchun xavf soladigan O‘zbekiston fuqarolari (Ularning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan shakllantiriladi)
  •  Shaxsi aniqlanmagan jasadlar (tana qoldiqlari)
Jinoyatchilarning genom axboroti ular yuz yoshga kirguniga qadar yoki ularning biologik o‘limi qayd etilgunicha yoki sud tomonidan ularning vafot etgani tan olinguniga qadar saqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank