Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (7 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) aprel oyida o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazadi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

GoSport’ning xabar berishicha, Shahram 26-aprel kuni amerikalik Emmanuel Teylorga (20 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat, 14 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jang WBA Intercontinental chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi va 10 raundga mo‘ljallangan bo‘ladi. To‘qnashuv Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan kazino markazining Forum saroyida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun Teylor professional boksda nomdor bokschilardan biri bo‘lib, o‘z vaqtida WBA International kamari uchun mashhur Edriyen Bronerga (33 ta g‘alaba, 4 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 24 ta nokaut) qarshi 10 raundlik jangda ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan. Shuningdek, Kris Algiyeri (23 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat, 8 ta nokaut) va Antonio Orosko (27 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 17 ta nokaut) kabi mashhur bokschilarga qarshi ringga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 23-fevral kuni (Toshkent vaqti bilan 24-fevral) Shahram G‘iyosov so‘nggi jangini meksikalik bokschi Edgar Puertaga (25 ta g‘alaba, 12 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 19 ta nokaut) qarshi o‘tkazib, uni beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova