29-mart, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-tur bahslariga start berildi.
Dastlabki turda o‘z maydonida “Buxoro” bilan durang o‘ynagan (0:0) Olmaliqning OKMK jamoasi safarda “Qizilqum” bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq Navoiy klubining 20 yoshli nikaragualik o‘yinchisi Medina Smit hisobni ochgan bo‘lsa, mehmon jamoa a’zosi Dilshod Jo‘rayev 11 metrlik jarima zarbasidan gol urib hisobni tenglashtirdi (1:1).
2-bo‘limning 51 hamda 69-daqiqalarida “Qizilqum”ning gruziyalik yarim himoyachisi Elguja Grigalashvili olmaliqliklar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi va dublga erishdi (3:1).
Shu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlari mehmonda kechgan bahsda “Qizilqum”ga 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va ochko yo‘qotdi.
Superliga
2-tur bahslari
29-mart, juma
“Qizilqum”—OKMK 3:1
Gollar: 1:0 — 1 Medina Smit, 1:1 — 44, penalti, Dilshod Jo‘rayev, 2:1 — 51 Elguja Grigalashvili, 3:1 — 69 Elguja Grigalashvili“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev, Fayzullo Qambarov, Salim Mustafoyev, Eldor Boymatov, Mirjalol Qosimov (Xurshidjon Olimov, 46), Muxsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev (Maqsud Karimov, 83), Elguja Grigalashvili, Medina Smit (Murod Bobojonov, 87).
OKMK: Suhrob Sultonov, Mirjamol Qosimov, Dilshod Jo‘rayev, Jasur Hakimov, Murod Toshmatov (Zohir Pirimov, 61), Rasul Yo‘ldoshev (San’at Shixov, 68), Jasur Hasanov (Zafar Polvonov, 73), Mirg‘iyos Sulaymonov, Mirolyub Kostich, Saydullo Rahmatov, Bobur Yo‘ldoshev.
Ogohlantirishlar: Erkin Boydullayev (19), Rasul Yo‘ldoshev (22), Mirg‘iyos Sulaymonov (64)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)