Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Farg‘onadagi maktablarning biri muallima ayol kichik yoshdagi o‘quvchi qizga baqirib, boshiga qo‘li bilan turtib, misol “tushuntirayotgani” aks etgan video bo‘yicha izoh berdi.

Kadr: Mover

Kadr: Mover

Boshqarmaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bu holat Farg‘ona shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 40-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kuzatilgan. 5-“G” sinf kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi F.M. matematika fani bo‘yicha uyga vazifalarni bajarish vaqtida shu sinf o‘quvchisi M.Yu.ga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan. Tasvir maktab hududiga yashirin tarzda uyali aloqa vositasini olib kirgan mazkur sinfda o‘qiydigan o‘quvchi tomonidan 3-chorakning oxirida olingan. O‘quvchi tasvirni onasiga ko‘rsatgan. Video tasvir bir necha kun davomida shaxsiy aloqa vositasida saqlangan. 2019-yilning 27-mart kuni bu videotasvir o‘quvchi qizning qarindoshi (amakisining qizi), Farg‘ona Politexnika instituti talabasi tomonidan shaxsiy uyali aloqa vositasiga yuklab olinib, Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali turli kanal va guruhlarga tarqatib yuborilgan.

Maktab ma’muriyati bu holatdan 28-mart kuni xabar topib, navbatdan tashqari pedagogik kengash o‘tkazgan. Pedagogik kengash davomida F.M. o‘quvchiga nisbatan shaxsiy adovati bo‘lmaganligini aytgan hamda pedagogik kengashning qaroriga asosan F.M. o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan.

Shuningdek, holat yuzasidan 28-mart kuni 5-“G” sinf ota-onalari ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish tashkil etilgan. Yig‘ilishda ishtirok etgan ota-onalar F.M.ning faoliyatiga nisbatan hech qanday e’tirozlari yo‘qligi aytgan. F.M.ning ish faoliyatini davom ettirishini so‘rab maktab direktoriga murojaat xatlari yozib qoldirgan. Bundan tashqari, voqeani videotasvirga tushirgan o‘quvchining onasi farzandining xatti-harakatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishga va farzandining kelgusida maktab hududida uyali aloqa vositasidan foydalanmasligi to‘g‘risida tilxat yozib bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar