Konor Makgregorning rasmiy vakili Karen Kesslerning ma’lum qilishicha, sportchining faoliyatini yakunlashi Irlandiyadagi tergov ishlari bilan bog‘liq emas. Bu haqda Ariel Helvani o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Foto: Google Images

Bu voqea ma’lum vaqt mobaynida aylanmoqda, nima sababdan bu haqda aynan hozir xabar qilinganini tushunish qiyin. Konorning faoliyatini yakunlash bo‘yicha bugungi bayonotining mish-mishlar bilan bog‘liqligi haqidagi taxminlar mutlaqo asossiz.”

Agarda Konor kelajakda jang qiladigan bo‘lsa, albatta jangchilar uni qadrlaydigan, mashaqqatli mehnati, mavqei, erishgan yutuqlari va mahoratini hurmat qiladigan joyda bo‘lishi kerak”, — dedi Karen Kessler.

Eslatib o‘tamiz, 26-mart, seshanba kuni Konor Makgregor faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Shuningdek, irlandiyalik jangchi zo‘rlashda gumon qilinayotgani ham ma’lum bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!