Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Irlandiyalik sportchi Konor Makrgegor MMA’dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Twitter / @UFCEurope

Foto: Twitter / @UFCEurope

MMA Fighting’ning qayd etishicha, 30 yoshli Makgregor 2019-yil iyunida Donald Serronega qarshi jang qilishi mumkin edi. Biroq Serrone may oyida El Yakvinta bilan jang qiladigan bo‘ldi.

Avvalroq Makgregor UFC nomi ostida jang qilishga roziligi faqat buning uchun kompaniya unga aksiyalarining ma’lum bir qismini berishi kerakligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Konor Makgregor — sportchi UFC’da 25 ta jang o‘tkazgan. Ularning 21 tasida g‘alaba qozongan. 2018-yil oktabrida esa UFC’ning yengil vazndagi chempionligi uchun kechgan jangda dog‘istonlik Habib Nurmagomedovga mag’lub bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi