Toshkentdagi o‘quv muassasalarining birida o‘quvchi o‘qituvchi oldida parta ustiga chiqib raqsga tushgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi, deb xabar beradi UZ24.

Foto: Odnoklassniki

Video dastlab, @__bekkhan__8 nikli foydalanuvchi tomonidan TikTok qisqa videolavhalar tarmog‘iga joylashtirilgan. Undan so‘ng esa Odnoklassniki va Facebook’dagi gruppalarga tarqalib ketgan.

Facebook‘dagi “Xalq bilan muloqot guruhi”da ushbu video ostida bir zumda ko‘plab salbiy izohlar qoldirildi. Aksariyat foydalanuvchilar ushbu maktab o‘quvchisining tarbiyasizligidan afsuslanib, maktablarda o‘qituvchilarga bolalarni qattiqroq jazolashga ruxsat berish kerakligini ta’kidlashdi.