Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 25-mart kuni o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, joriy yil may oyi oxirida Toshkentda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning ilk yig‘ilishiga tayyorgarlik muhokama qilindi.