O‘zbekiston terma jamoasi hamda Rossiyaning “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘z jamoasining o‘yini hamda ustozi Valeriy Karpin haqida gapirdi.
— Ko‘pchilik “Rostov” — bu avtobus, deydi. Shu sababli jamoa yetakchilardan ochkolar tortib oladi, lekin autsayderlar bilan o‘ynashda qiyinchiliklarga duch keladi: “Krilya Sovetov” bilan kechgan 2 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi, “Orenburg”ga qarshi o‘yinda ham yutqazdi. “Yenisey” va “Ufa” klublari bilan durang o‘ynadi.— Himoyaga e’tibor berish — bu odatiy hol. Lekin biz O‘zbekiston terma jamoasida bo‘lgani kabi hujum uyushtirib, pressing qilyapmiz. Men “avtobus” so‘zidan xafa emasman. Eng asosiysi, bizning o‘yin uslubimiz natija bermoqda. Faqatgina gapirish uchun 3 ochko berilmaydi!
— Murabbiy Karpinni ta’riflab bering. Uning harakteri qanday?
— Valeriy Georgiyevichni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaganimizda, men videoda uni quvnoqligini aytgandim. Ammo Karpin murabbiy sifatida taktika va futbolchilarni jismoniy jihatdan tayyorlash bo‘yicha top-mutaxassis deb hisoblayman. U bizga top-klublar qanday o‘ynashi kerakligini — himoyadan qay tarzda chiqishlari va hujum qilishini nazariy jihatdan ko‘rsatib beradi.
Osiyo Kubogidan so‘ng biz gaplashdik, hamma meni gollarim bilan tabrikladi. Shuningdek, Valeriy Georgiyevich ham o‘yinim yoqqanligini aytdi.
— Mavsum boshida siz maydon markazida va o‘ng qanot himoyada o‘ynadingiz. Moslashish qiyin bo‘lgandir?
— Bungacha menda 4-2-3-1 sxemasida chap qanot hujum chizig‘ida o‘ynash tajribasi bor edi. “Rostov”da biz 5 ta himoyachi bilan o‘ynaymiz, shuning uchun qanot o‘yinchilarining vazifalari biroz boshqacha. Asosiysi ko‘proq yugurishda. Lekin bu men uchun muammo emas, — deydi Shomurodov Sport24’ga bergan intervyusida.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)