Kraystcherch shahridagi ikki masjidga hujumni hozirda sud qaroriga asosan hibsga olingan Brenton Tarrant amalga oshirgan. Bu haqda Yangi Zelandiya politsiyasi komissari Mayk Bush ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: Reuters

“Tarrantni ikki hujum uchun ham aybdor hisoblamoqdamiz. Sudning kelgusi yig‘ilishiga qadar unga yangi ayblovlar e’lon qilinadi. Ularning aynan qanday bo‘lishini tergov belgilaydi”, — dedi Bush.

Kraystcherch okrug sudi 28 yashar Brenton Tarrantni 5-aprelga qadar hibsda qoldirishga qaror qildi.