Professional boksning o‘ta og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasi vakili o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (4 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) 16-mart kuni AQShda o‘zining beshinchi jangini o‘tkazdi.
Jalolovga professional ringdagi 5-jangida amerikalik Villi Harvi raqiblik qildi. Jang 2-raunddayoq yakunlandi. Bahodirning kuchli zarbalari sabab Harvi nokaut holatiga tushdi. Natijada hakam o‘zbekistonlik bokschining mutlaq g‘alabasini qayd etdi.
Shu tariqa Jalolov 5-jangida ham nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Harvi esa bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 6 marta jang o‘tkazib, ularning 3 tasida g‘olib bo‘lgan (3 ta nokaut). Bugun esa 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. 1 ta jangida esa durang qayd etilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)