Tokio shahridagi 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi tadbirga tashrif buyuruvchilarga yordam beradigan robotlarni taqdim etdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Ular mehmonlarga o‘z joylarini topishga yordam beradi, kerakli ma’lumotni aytadi, ichimlik va ovqat olib keladi.

Olimpiada davomida 2 turdagi 16 ta robot ishlaydi. Birinchi tur odamlarga yordam beruvchi robot, ikkinchisi esa yetkazib berish xizmatini bajaruvchi robot. Birinchi robotning qo‘l-manipulyatori bor, ikkinchisi ichki tomondan axlat qutisiga o‘xshaydi.

Foto: TJournal

Robotlarni ishlab chiqargan Toyota kompaniyasi ular Olimpiada davomida eng ko‘p nogironlar va kam harakat qiluvchi mehmonlarga kerak bo‘ladi deb hisoblaydi. Kompaniya bunday robotlarni 2030-yildan ommaviy sotuvga qo‘yish niyatida.

Robotlardan tashqari Olimpiada-2020 davomida Panasonic kompaniyasining ekzoskeletlari ham xizmat qiladi. Ular ishchilarga og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishga yordam beradi. Ekzokostyumlardan tadbirning o‘zida emas, balki aeroportlarda va “chegara hududlar”da foydalaniladi. Panasonic bu bilan ishchilarning samaradorligi 20 foizga oshishi va og‘ir yuklarni qiyinchiliksiz tashish imkoni yaratilishini ta’kidlagan.

Foto: TJournal

Bu Yaponiyaning Olimpiya o‘yinlarida o‘zining texnik darajasi yuqori davlat ekanini birinchi marta ko‘rsatishi emas. 1964-yildagi o‘yinlarda rasmiylar super tezyurar poyezd Sinkansenni taqdim qilgan edi. Undan hozirgi kungacha foydalaniladi.

Olimpiada 2020 da asosiy urg‘u nafaqat texnologiyaga, baki ekologiyaga ham berilmoqda. G‘oliblar qayta ishlangan materialdan qilingan medallarga ega bo‘ladi.