Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida Urgut tumanidagi “Jartepa-avto” xalqaro o‘tkazish punkti yaqinida joylashgan Mug‘ol qishlog‘ida o‘tkazilgan tadbirda Tojikistonning So‘g‘d viloyatida yashovchi Umid Hasanov Urgut shahrida istiqomat qiluvchi Qobil Axatovga 1,5 kilogramm opiy giyohvand moddasini sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Tezkor surishtiruvlar davomida Umid Hasanovning sherigi bo‘lgan Toyloq tumani Bachki qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Sayfullo Shodiyevning xonadonida 12 kilogramm 445 gramm opiy moddasi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat bo‘yicha DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida Sayfullo Shodiyevning tanishi bo‘lgan Shuhrat Mustafoqulov ham ushlanib, u o‘z otasining xonadoniga 8 kilogramm 330 gramm opiy va 2 kilogramm 335 gramm geroin moddasini yashirib qo‘yganligi aniqlandi va mazkur giyohvand moddalar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, muqaddam Shuhrat Mustafoqulov va Sayfullo Shodiyevdan giyohvand moddalar sotib olgan fuqaro Akmal Islomovning yashash joyidan esa 1 kilogramm 200 gramm opiy va 70 gramm geroin moddasi olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 23 kilogramm 450 grammdan ortiq opiy va 2 kilogramm 400 grammdan ziyod geroin giyohvand moddasi olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi