Boeing AQSh rasmiylarining 737 MAX tipidagi samolyotlar parvozini vaqtincha cheklash haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

“Biz avvalgidek 737 MAX samolyotlari xavfsizligiga to‘liq ishonchimiz komil. Biroq bu preventiv qarorni ehtiyot chorasi sifatida ma’qullaymiz”, — dedi kompaniya bosh ijrochi direktori Dennis Myulenburg.

Kompaniya vakillari butun dunyodagi mijozlar, AQSh federal aviatsiya agentligi, Transportda xavfsizlik bo‘yicha milliy kengash bilan maslahatlashuvlardan so‘ng 737 MAX turiga mansub barcha 371 havo kemasi parvozini to‘xtatib turishni tavsiya qilishga majbur bo‘lganini tan oldi.