Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Niderlandiyaning agrosanoat sohasidagi 45 dan ortiq korxonasi vakillaridan iborat qishloq xo‘jaligi savdo missiyasi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “Daryo”ga Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Delegatsiya tashrifi doirasida 12-mart kuni Toshkentda, 14- mart kuni Namanganda agrobiznes-forum hamda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Missiya tarkibidan ekinlar, chorvachilik, issiqxonalar, bog‘dorchilik va boshqa shu kabi sohalarda faoliyat yuritadigan korxonalar o‘rin olgan.

Favqulodda va muxtor elchi Rene Jons-Boss boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi bozori va biznes yuritish shartlari mavzusida B2G formatida o‘zbek-niderland muzokaralarida ishtirok etadi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuvlar va forumdan tashqari mehmonlar AgroWorld Uzbekistan – 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etadi, shuningdek, Namangan viloyatilagi qishloq xo‘jaligi obyektlari bilan tanishadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi