Bortida 157 kishi bo‘lgan Ethiopian Airlines’ning Boeing 737 samolyoti halokatga uchragan joydan ikkinchi qora quti topildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ET302 reysining raqamli parvoz translyatori va ovoz yozib oladigan qurilmasi aniqlangan.
Samolyot 10-mart kuni tongda Efiopiyaning Debre-Zeyt shahri yaqinida halokatga uchragan.
11-mart kuni biroz avval esa birinchi qora quti topilgan edi. U haqidagi tasvirlar Efiopiya telekanallari orqali yoritilgan.
Samolyotdagi 157 nafar yo‘lovchining hech biri omon qolmagan. Unda 30 dan ortiq mamlakatlar fuqarolari bo‘lgan.
Izoh (0)