Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

7-mart, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Luchano Spaletti qo‘l ostidagi Milanning “Inter” klubi Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahriga safar qiladi. Italiyaliklar u yerda “Ayntraxt” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” musobaqaning 1/16 bosqichida Venaning “Rapid” jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning “Arsenal” klubi mehmonda shahar nomi bilan ataluvchi “Renn” jamoasi bilan bahs boylaydi. Ikkala bellashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “to‘pchilar” Yevropa Ligasining so‘nggi bosqichida BATEni yutdi (umumiy hisob — 3:1).

Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” “Stemford Brij”da Kiyevning “Dinamo” jamoasini sinovdan o‘tkazadi.

Ta’kidlash joiz, “aristokratlar” avvalgi bosqichda Shvetsiyaning “Malmyo” klubi ustidan yirik 3:0 hisobida zafar quchgandi (umumiy hisob — 5:1).

Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan bahsda “Yuventus”ga mag‘lub bo‘lgan (1:2) “Napoli” o‘z maydonida “Zalsburg”ni qabul qiladi. Ikkala bellashuvga ham tungi soat 01:00 da start beriladi.

Qayd etish joiz, Karlo Anchelotti shogirdlari mazkur musobaqaning 1/16 finalida Shveysariyaning “Syurix” klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:1 hisobida taslim qilgandi.

Yevropa Ligasi

1/8 final bahslari

7-mart, payshanba

“Ayntraxt F”—“Inter” 22:55

“Dinamo Zagreb”—“Benfika” 22:55

“Sevilya”—“Slaviya Praga” 22:55

“Zenit”—“Vilyarreal” 22:55

“Renn”—“Arsenal” 22:55

“Chelsi”—“Dinamo Kiyev” 01:00

“Napoli”—“Zalsburg” 01:00

“Valensiya”—“Krasnodar” 01:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi