Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Foto: Delfi

Foto: Delfi

Ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlari reytingi asosida tuzildi:

ARWU – The Academic Ranking of world Universities;

THE – Times Higher Education;

QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.

Reytingda birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalari 2018-yilda e’lon qilingan ro‘yxat asosida shakllantirilgan hamda navbatdagi reyting e’lon qilingunga qadar amal qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trln soʻm kredit ajratiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Mahalliy
Abduqodir Mo‘minov tovlamachilik va firibgarlikda ayblanmoqda