Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya OAVlarini xabarlarni, kontekstdan ajratilgan holda noto‘g‘ri talqin qilib tarqatishda aybladi, deb xabar berdi “Tengrinews”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Bu ayniqsa katta suhbatdan so‘ng yaqqol ko‘zga tashlandi. Soxta yangiliklar, tendensiyali fikr bayoni, ayniqsa Rossiyada mening bayonotlarimni kontekstdan uzilgan holda har kim o‘zi xohlagandek talqin qilishi kuzatildi”, — degan davlat rahbari.

Misol tariqasida Rossiya bilan yagona valyutani joriy etish imkoniyati haqidagi fikrning Belarus rahbari tomonidan rozilik sifatida talqin qilinganini keltirib o‘tgan.

“Bunga rozi bo‘lish uchun avval taklif bo‘lishi kerak. Agar yagona rublni joriy etish taklif qilinsa, bunga rozi bo‘lish ham, rad etish ham mumkin. Lekin menga ham, Belarusga ham hech kim bu taklifni bildirmadi. Men shunchaki jurnalistlar savoliga javob bera turib, agar shunday taklif bildirilsa Belaruslar yangi rubl joriy etilishiga mutlaqo qarshi emasligini aytib o‘tganman”, — degan Aleksandr Lukashenko.

Rossiyada bu boshqacha talqin qilinib tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Ularning maqsadi Lukashenkoni integratsion jarayonlarga zarba berishda ayblash.

Aslida esa Belarusda hech kim va birinchi o‘rinda Lukashenko integratsion jarayonlarga qarshi chiqmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun gumanitar yordam va FVV qutqaruvchilarini jo‘natadi 
Mahalliy
Andijonda hokimlik taklifi bilan maktab hovlisida qo‘shimcha bino qurib, yoshlarni ishli qilishga uringan tadbirkorning noqonuniy qurilishi buzib tashlanishi mumki...
Kripto
2022-yilda xakerlar kripto investorlardan deyarli 4 milliard dollar o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi